Toshkentda CAITME 2026 17-xalqaro toʻqimachilik uskunalari koʻrgazmasi boshlandi | Reportaj
8-10 sentyabr kunlari «Oʻzekspomarkaz»da 17-Markaziy Osiyo xalqaro «Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2026» koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzining rivojlanish yillari davomida CAITME Markaziy Osiyo va MDH uchun noyob loyihaga aylandi va toʻqimachilik sanoati koʻrgazmalari sohasida Oʻzbekistonning milliy brendi sifatida shakllandi. Koʻrgazma koʻp yillardan buyon toʻqimachilik sohasining innovatsion va progressiv rivojlanishining eng muhim vositasi boʻlib qolmoqda […]

Toshkentda CAITME 2026 17-xalqaro toʻqimachilik uskunalari koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi | Reportaj
8-10 sentyabr kunlari «Oʻzekspomarkaz»da 17-Markaziy Osiyo Xalqaro «Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2026» koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Rivojlanish yillari davomida CAITME Markaziy Osiyo va MDH uchun noyob loyihaga aylandi va Oʻzbekistonning toʻqimachilik sanoati koʻrgazmalari sohasidagi milliy brendiga aylandi.
Koʻp yillar davomida koʻrgazma mintaqa toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatini innovatsion va progressiv rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri boʻlib qolmoqda. CAITME mintaqaviy toʻqimachilik va tikuvchilik biznesiga ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, mahsuldorlikni oshirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni yuksaltirishda sezilarli yordam koʻrsatmoqda.
U mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ilgʻor texnologiyalar yetkazib beruvchilari bilan doimiy aloqada boʻlish, barcha yangiliklar va ishlanmalardan xabardor boʻlish, mashina va uskunalardan foydalanish boʻyicha texnik maslahatlar, shuningdek, «birinchi qoʻldan» maxsus aktsiyalar va takliflarni olishga yordam beradi.
Bugungi kunda CAITME ahamiyati bitta bozor doirasidan ancha chetga chiqadi: har yili koʻrgazma turli mamlakatlardan yetakchi uskunalar va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, toʻqimachilik korxonalari mutaxassislari va vakillari esa zamonaviy yechimlar, yangi yetkazib beruvchilar va ishbilarmon sheriklar izlab Toshkentga kelishadi.
Bu, ayniqsa, jahon toʻqimachilik sanoati murakkab transformatsiya davrini boshdan kechirayotgan hozirgi bosqichda muhimdir: tashqi bozorlar uchun raqobat kuchaymoqda, yetkazib berish zanjirlari oʻzgarmoqda, xalqaro tarif siyosati va transport-logistika yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqilmoqda, xalqaro buyurtmachilar tomonidan esa ishlab chiqarishning shaffofligi, barqarorligi va samaradorligiga yangi talablar qoʻyilmoqda.
Ushbu fonda Oʻzbekiston soliqlarni kamaytirish, yangi eksport bozorlarini oʻzlashtirish va marketing uchun imtiyozlar berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xalqaro sertifikat va standartlarni joriy etish, imtiyozli kreditlash, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hisobiga toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni davom ettirmoqda. Birgina 2025 yilning oʻzida sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Sohadagi murakkab davrga qaramay, CAITME oʻz mavqeini saqlab qolmoqda. 2026 yilda koʻrgazmada Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoni muhim va istiqbolli bozor sifatida koʻrayotgan 18 ta davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, BAA, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Turkiya, Oʻzbekiston, Chexiya, Shveytsariya, Yaponiya.
Xorijiy davlatlar orasida ishtirokchilar soni boʻyicha top-5 talikka Xitoy, Turkiya, Germaniya, Italiya va Hindiston kirdi. Koʻrgazmada xorijiy ishtirokchilar ulushi 83 % ni tashkil etdi.
Jahon toʻqimachilik mashinasozligining yetakchi davlatlaridan biri boʻlgan Germaniya bu yil yana Milliy stend formatida ishtirok etmoqda. Andritz Küsters, Brückner Textile Technologies, Carl Schmale, Sossna, Texpa, Thies, Groz-Beckert KG, Kaeser Kompressoren, Schott & Meissner Maschinen- und Anlagenbau va Textima Export Import GmbH kompaniyalari boʻyoqchilik, pardozlash va tikuvchilik ishlab chiqarishi, notoʻqima materiallar sohasi uchun ilgʻor yechimlarni, shuningdek, yordamchi uskunalar va butlovchi qismlarning keng turlarini taqdim etadi.
Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Shveytsariya va boshqa yetakchi mashinasozlik davlatlari kompaniyalari keng ishtirok bilan taqdim etilgan.
Иштирокчилар ва тақдим этилган брендлар орасида тўқимачилик машинасозлигининг тан олинган етакчилари ва Европа ҳамда Осиёдан энг илғор технологиялар етказиб берувчилари бор: Rieter, Uster, Novibra, SSM, Spindelfabrik Sussen, Toyota, Muratec, Truetzschler, Saurer, Picanol, Santoni, Terrot, Groz-Beckert, Habasit, MHMS, Vandewiele, Mayer, IRO, Biancalani, Brazzoli, Ferraro, Epson, Mario Crosta, Itema, Lafer, Motex Di Modiano Guido, Salvade`, Simet, Sclavos, Effe, Mahlo, Lonati, Shima Seiki, Tetas, Temsan, Staubli, Karl Mayer, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Precitex, Kansai, Eliar, Pai Lung, AB Carter, James Heal, Guven Celik, West Global, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang, Baoyu, Hikari, Ricoma ва бошқа кўплаб компаниялар.
CAITME 2026 ekspozitsiyasi yana «Oʻzekspomarkaz» MKMning barcha pavilonlarini egallagan va asosiy yoʻnalishlar boʻyicha boʻlingan:
· pardozlash, boʻyash va bosma texnologiyalari (1-pavilon)
· yigiruv texnologiyalari (2-pavilon)
· toʻqimachilik kimyoviy moddalari va boʻyoqlari (Atrium 1 zali)
· tikuvchilik ishlab chiqarishi uchun uskunalar (3-pavilon)
· toʻquv va toʻqish uskunalari (4-pavilon)
Bunday tuzilish mutaxassislarga oson moʻljal olish, kerakli yechimlarni topish, koʻrgazmadagi ish vaqtini toʻgʻri taqsimlash va zarur uchrashuvlar jadvalini oldindan rejalashtirishga yordam beradi.
Bu yil CAITME sohaning quyidagi yangi va talab yuqori boʻlgan trendlariga eʼtibor qaratadi:
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish — ham alohida uchastkalarni, ham barcha ishlab chiqarish liniyalarini. Zamonaviy fabrikalar malakali ishchi kuchi yetishmasligidan tortib, samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga boʻlgan intilishgacha boʻlgan oʻsib borayotgan talablarga duch kelmoqda. Avtomatlashtirish ushbu chaqiriqlarga kuchli javob boʻlmoqda: u ishchi kuchi xarajatlarini kamaytiradi, inson omili taʼsirisiz ip-kalavaning barqaror yuqori sifatini taʼminlaydi va uskunalardan foydalanish koeffitsiyentini oshiradi. Masalan, taniqli Yevropa flagmani — Rieter (Shveytsariya) kompaniyasi yigiruv fabrikalarini avtomatlashtirish uchun innovatsion yechimlarni, Texpa (Germaniya) kompaniyasi esa uy toʻqimachiligini tikish uchun avtomatik va yarim avtomatik liniyalarni taqdim etadi va hokazo.
Ishlab chiqarish usullarini takomillashtirish hisobiga barqarorlikni taʼminlash: atrof-muhitga taʼsiri past boʻlgan boʻyoqlardan oqilona foydalanish; boʻyoqchilik va pardozlash ishlab chiqarishi oqova suvlarini qayta ishlash, shuningdek, «yashil» energiyani qoʻllash. Eliar (Turkiya) kompaniyasi boʻyoqlarni dozalashning «aqlli» tizimlarini, ilgʻor datchiklar va dasturiy taʼminotni namoyish etadi, ular «aqlli» va «barqaror» boʻyoqchilik ishlab chiqarishi kelajagini oʻzgartiradi.
Samaradorlikni oshirish va ishlab chiqarishni optimallashtirish. Masalan, Biancalani (Italiya) kompaniyasi enzim texnologiyasi asosidagi ekologik toza jarayonlardan foydalangan holda resurslar isteʼmolini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan matolarni pardozlash yechimlarini taqdim etadi.
Koʻp funktsiyalilik va koʻp vazifalilik. Ricoma Asia (Oʻzbekiston) kompaniyasi nafaqat kashta tikadigan, balki munchoq, marvarid va kristall qadaydigan kashtachilik mashinasini taqdim etadi. Maxsus qurilma esa tukli kashta, zanjirli va tambur chokli — mashhur oʻzbek «popop kashta»sini yaratish imkonini beradi.
Va toʻqimachilik uskunalarining soʻnggi barcha koʻrgazmalarining Oʻzbekistonga faol kirib kelayotgan eng asosiy trendi — bu toʻqimachilik chiqindilarini yigiruv tsexidan boshlab, ishlatilgan kiyimlarni qaytadan ip-kalava, mato, tikuvchilik buyumlariga aylantirishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda «aqlli» qayta ishlash, toʻqimachilik ishlab chiqarishining tsirkulyarligini (aylanma harakatini) taʼminlashdir. Bir qator yetakchi Yevropa kompaniyalari tsiklik ishlab chiqarish uchun yechimlarni taklif qilmoqda.
Masalan, ushbu sohadagi yetakchi dasturchi va trend-setter boʻlgan Truetzschler (Germaniya) kompaniyasi tolaning keraksiz chiqindilaridan qochishga, yigiruv ishlab chiqarishini tayyorlashdan hosil boʻlgan ishlab chiqarish chiqindilaridan foydali foydalanishga va maydalangan matolar hamda ishlatilgan toʻqimachilik buyumlaridan ip-kalava ishlab chiqarishda maksimal darajada yuqori sifatga erishishga yordam beradigan innovatsion yechimlarni taqdim etadi.
Taʼkidlash joizki, bu yil CAITME yana Global Textile Days toʻqimachilik haftaligi doirasida boʻlib oʻtadi, uning dasturiga toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari professional xaridorlari va ishlab chiqaruvchilari uchun TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub platformasida B2B-uchrashuvlar seriyasi ham kiritilgan. 9 sentyabr kuni Atrium 2 zalida bayerlar, import qiluvchilar, distribyutorlar, savdo tarmoqlari, kiyim-kechak brendlari egalari va e-commerce vakillari Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari bilan oldindan tashkil etilgan oʻnlab muzokaralarni oʻtkazishlari mumkin boʻladi.
Tashkilotchilar CAITME koʻrgazmadan ham koʻproq narsa ekanligini taʼkidlamoqdalar. Bu Markaziy Osiyo toʻqimachilik va tikuvchilik sohasining asosiy ishbilarmonlik platformasi, investitsiyalar, progress va mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining oʻsishi uchun imkoniyat, butun dunyodagi mutaxassislarga maʼlum boʻlgan milliy brenddir.
CAITME ning yuqori xalqaro maqomi har yili UFI Butunjahon koʻrgazmalar assotsiatsiyasining mustaqil auditi tomonidan tasdiqlanadi, koʻrgazma ushbu auditdan 2026 yilda yana oʻtadi. Audit maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda CAITME MDH mamlakatlarida toʻqimachilik mashinasozligi ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalari orasida yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda va Osiyoning eng yirik tarmoq maydonchalaridan biri boʻlib qolmoqda.
Jahon toʻqimachilik va kiyim-kechak bozorining shiddatli transformatsiyasi sharoitida aynan shunday professional platformalar modernizatsiya qilish, barqaror rivojlanish va xalqaro maydonda oʻz mavqeini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan korxonalar uchun oʻsish nuqtasiga aylanmoqda.
Rasmiy qoʻllab-quvvatlaganlar:
· Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi.
· Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
· Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi.
· Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi.
· «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi.
Tadbir tashkilotchilari — Iteca Exhibitions Xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

