Toshkentda bir sotix yerning oʻrtacha narxi 292 mln soʻmni tashkil etmoqda — MB
Toshkentda iyun oyida bir sotix yer uchun oʻrtacha taklif narxi qariyb 292 mln soʻmni tashkil etdi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9% ga kam. Markaziy bank avvalroq pasayishni shahar markazidan uzoqroqda joylashgan tumanlarda yer uchastkalari taklifi koʻpaygani bilan bogʻlagan edi.

Toshkentda bir sotix yerning oʻrtacha narxi 292 mln soʻmni tashkil etmoqda — MB
Iyun oyida Toshkentda yer uchastkalarining narxi hamon oʻtgan yilgi darajadan past boʻldi. Bu haqda Markaziy bankning koʻchmas mulk bozori sharhida soʻz boradi.
100 kv. m yer uchun oʻrtacha taklif narxi qariyb 292 mln soʻmni tashkil etdi — bu koʻrsatkich 334 mln soʻm darajasida boʻlgan 2025 yilning iyun oyiga nisbatan 9% ga kamdir. Taqqoslash uchun, 2024 yilning iyun oyida oʻrtacha narx 342 mln soʻmni tashkil etgan, oʻsha yilning aprel oyida esa 364 mln soʻmga yetgan edi.
Shu bilan birga, may oyidagi keskin pasayishdan soʻng narxlar qisman tiklandi: iyun oyida ular oʻtgan oyga nisbatan 2,6% ga oshdi.
Avvalroq Markaziy bank narxlar pasayishini shahar markazidan uzoqroqda joylashgan tumanlarda yer uchastkalari taklifi ortgani bilan izohlagan edi.
Xususan, 2025 yil yakunlariga koʻra, shahar chekkasidagi uchastkalar ulushi 22% ga oshgan, markaziy tumanlardagi taklif esa 13% ga kamaygan.

