Toshkentda 978 ta kuchli taʼsir qiluvchi dori hablari boʻlgan erkak ushlandi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida sotish uchun 978 ta «Regapen» preparati tabletkasini tashib yurgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament maʼlum qildi. Tabletkalar fuqaro B.A. boshqaruvidagi Gentra avtomobilining yukxonasidan topilgan. Preparat ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-6-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda. Avvalroq […]

Toshkentda 978 ta kuchli taʼsir qiluvchi dori habdorisi boʻlgan erkak ushlandi
Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanida sotish maqsadida 978 ta «Regapen» preparati habdorisini tashib yurgan erkak ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament maʼlum qildi.
Habdorilar fuqaro B.A. boshqaruvidagi Gentra avtomobilining yukxonasidan topilgan. Preparat ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-6-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida mahalliy turgʻundan 7 kg marixuana, pnevmatik miltiq va uchta patron topilgan edi.

