Mahalliy

Toshkentda 4800dan ortiq xonadonda gaz vaqtincha oʻchiriladi

Taʼmirlash ishlari sababli Yakkasaroy tumanidagi 3 250 ta hamda Mirobod tumanidagi 1 627 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha boʻlmaydi.

Toshkentda 4800 dan ortiq xonadonda gaz vaqtincha oʻchiriladi

22-sentabr kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan oʻrta bosimdagi gaz qudugʻidagi zulfin va kompensatordagi gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli, shu kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

«Shohjahon», «Rakat», «Muqimiy», «Rakatboshi», «Tepa», «Belariq», «Konstitutsiya», «Muhandislar», «Bobur», «Damariq», «A. Qahhor», «Argʻumon» va «Boshliq» MFYlaridagi yerli va koʻp qavatli uylardagi xonadonlar soni — 3 250 ta hamda ulgurji isteʼmolchilar — 132 ta.

«Baynalmilal», «Yangi Mirobod», «Mirobod» va «Avloniy» MFYlaridagi yerli va koʻp qavatli uylardagi xonadonlar soni — 1 627 ta hamda Mirobod tumani — 71 ta ulgurji isteʼmolchi, Chilonzor tumani — 5 ta ulgurji isteʼmolchi.

Gaz taʼminoti ishlar yakunlangach, bosqichma-bosqich tiklanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.