Sport

Toshkent xalqaro yarim marafonida ruminiyalik diplomatlar ishtirok etdi

Toshkent xalqaro yarim marafonida ruminiyalik diplomatlar ishtirok etdi 2026 yil 6 sentyabr kuni Ruminiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi Daniel Kristian Chobanu «Tashkent International Half Marathon» Toshkent xalqaro yarim marafonining 5 km masofaga yugurish bahsida ishtirok etdi. Jurnalistlar bilan suhbatda Daniel Kristian Chobanu Oʻzbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tiladi. U [...]

Ruminiyalik diplomatlar Toshkent xalqaro yarim marafonida ishtirok etishdi

2026 yil 6 sentyabr kuni Ruminiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi Daniel Kristian Chobanu «Tashkent International Half Marathon» Toshkent xalqaro yarim marafonining 5 km masofaga yugurish bahsida ishtirok etdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda Daniel Kristian Chobanu Oʻzbekiston xalqini Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tiladi.

U Toshkent xalqaro yarim marafoni xalqaro sport hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilganini taʼkidladi, shuningdek, musobaqaning yuqori tashkiliy darajasini qayd etdi. Diplomat yugurish yoʻnalishi Toshkentning mahobatli koʻchalari va eng goʻzal diqqatga sazovor joylari orqali oʻtganidan hayratda ekanligini bildirdi.

Ruminiya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida sport sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi haqida gapirar ekan, Elchi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimovning 2026 yil may oyida Buxarestga amalga oshirgan tashrifini tilga oldi. Diplomat, shuningdek, oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 2026 yilning 14-24 may kunlari Buxarestda boʻlib oʻtgan nufuzli Super Chess Classic Romania 2026 turnirida uchinchi oʻrinni egallaganini eslatib oʻtdi.

Elchi Oʻzbekiston badiiy gimnastika terma jamoasining 2026 yil 26-28 iyun kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida boʻlib oʻtgan Jahon kubogi bosqichida (World Challenge Cup) muvaffaqiyatli ishtirok etganiga eʼtibor qaratdi.

U, shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasining 2026 yil 29 iyuldan 9 avgustgacha Ruminiyada boʻlib oʻtgan qizlar oʻrtasidagi (U-18) gandbol boʻyicha jahon chempionatidagi ishtirokini koʻrsatib oʻtdi. Elchi sport muloqotining muhim poydevori — Ruminiya sport masalalari boʻyicha davlat kotibi janob Tomas Moldovanning 2022 yilda Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifini eslatdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.