Mahalliy

Toshkent viloyatida SAT sertifikatlarini noqonuniy olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida matematika va ingliz tili boʻyicha xalqaro SAT sertifikatlarini noqonuniy rasmiylashtirib kelgan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX viloyat boshqarmasi xabar berdi. Idora maʼlumotlariga koʻra, guruh aʼzolari Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida «bunker» tashkil qilishgan. Ularning aksariyati Toshkentdagi xorijiy universitetlardan birining filiali talabalaridir. IT-kompaniya mutaxassisi yashirin kirish huquqini qoʻlga kiritib […]

Toshkent viloyatida xalqaro SAT sertifikatlarini noqonuniy ravishda rasmiylashtirib kelgan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, guruh aʼzolari Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida «bunker» tashkil qilishgan. Ularning aksariyati Toshkentdagi xorijiy universitetlardan birining filiali talabalaridir.

IT-kompaniya mutaxassisi tizimga yashirin kirish imkonini qoʻlga kiritib, test topshiriqlarini yechish imkoniyatini taʼminlagan. Shundan soʻng, talabalar abituriyentlar oʻrniga masofadan turib testlarni topshirishgan.

Guruh aʼzolaridan biri sertifikat olmoqchi boʻlgan besh kishining har biridan 1,5 ming dollardan talab qilgan. Ulardan birining pullarini kriptohamyon orqali qabul qilishga ulgurishgan.

Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.