Mahalliy

Toshkent va Navoiyda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanib, davlatga 468,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Toshkent va Navoiyda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 468,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish orqali davlatga 468,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida “M.O.” MChJ mas’ul shaxslari “Nafosat” MFYdagi qurilish obyektini suv tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan. Ular ichimlik suvidan tijorat maqsadida foydalanib, 366,6 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Shuningdek, Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.G.” MChJ rahbari Sh.T. korxona binosini umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 101,8 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish oqibatida 680 mln so‘mlik zarar yetkazilgani va zararni kamaytirishni va’da qilgan amaldor 30 mln so‘m olayotganda ushlangandi. Shuningdek, 2025-yilda suv tarmoqlariga 3 899 ta noqonuniy ulanish aniqlangani va ular oqibatida 76,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum qilingandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.