Toshkent va Nankin o‘rtasida yuk aviareyslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Toshkent bilan Nankin o‘rtasida yuk aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Xitoyning Nankin shahri va Toshkent o‘rtasida muntazam yuk reyslarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Uzbekistan Airports AJ Jiangxi International Cargo Airlines hamda Beijing Capital Airlines vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yangi yo‘nalishni ishga tushirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Taqdim etilgan rejaga muvofiq, qatnovlarni 2026-yil 12-oktyabrdan boshlab haftasiga uch marotaba amalga oshirish rejalashtirilgan. Reyslarda Airbus A330 yuk samolyotlaridan foydalanish va yuklarni har ikki yo‘nalishda tashish nazarda tutilgan.
Yuklarning asosiy qismini transchegaraviy elektron tijoratga oid uskunalar va tovarlar tashkil etishi mumkin. Tomonlar yangi yo‘nalishni ishga tushirish bilan bog‘liq tijorat va operatsion jihatlarni ham ko‘rib chiqdi. Xususan, aeroport, yer usti va omborxona xizmatlari, havo kemalariga yonilg‘i quyish shartlari, zarur infratuzilmani tayyorlash hamda xodimlarni o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Nankin Sharqiy Xitoydagi yirik tarixiy, sanoat va logistika markazi bo‘lib, Szyansu provinsiyasining poytaxti hisoblanadi. Shahar Yanszi daryosi bo‘yida, Shanxaydan qariyb 300 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Endilikda “ikki tomonlama”, “tranzit” hamda “uchinchi davlatga/dan” turdagi ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga arizalari asosida faqat elektron shaklda beriladi. Mazkur ruxsatnomalar avval foydalanilgan taqsimlanadigan blankalar turidan chiqarilgan.

