Mahalliy

Toshkent shahri markazidagi stadion buzib tashlanyapti

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi sobiq «Toʻqimachi» stadioni buzilib, uning oʻrni boshqa turdagi qurilish boshlash uchun boʻshatilyapti. Bir yil oldin kuchga kirgan prezident qarorida davlatga tegishli boʻlgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish va sotuvga chiqarish taqiqlangandi.

Toshkent markazidagi stadion buzilmoqda. Yakkasaroy tumanining Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan sobiq «Toʻqimachi» stadioni hozirda demontaj qilinmoqda. Sport inshootlari va unga tegishli obyektlar olib tashlanayotgan boʻlsa-da, ushbu buzilishning sabablari, yer maydonining yangi egasi va stadion oʻrnida nima qurilishi haqida hozircha aniq maʼlumotlar mavjud emas.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 21-avgustda «Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi prezident qarori imzolangan edi. Ushbu qarorga koʻra, davlat mulki boʻlgan futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlarini oʻzgartirish hamda ularni sotuvga chiqarish taqiqlangan. Shuningdek, Kadastr agentligi axborot tizimlariga davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlarining foydalanish maqsadlari oʻzgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlanishi haqida tegishli oʻzgarishlar kiritilishi lozim edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.