Siyosat

Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun yangi bino qurish nega kechikayotganiga izoh berildi

Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun yangi bino qurilishi nega kechikayotgani yuzasidan izoh berildi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun yangi bino qurilishi 2021-yilda boshlangan edi. "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi tashkilot, buyurtmachi sifatida belgilangan va bino 2022-yilning kuzida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, oradan besh yil o‘tganiga qaramay, qurilish ishlari yakunlanmagan. Ushbu holat bo‘yicha "Daryo" nashrining so‘roviga Toshkent shahar hokimligi javob berdi.

Poytaxt hokimligining ma’lumotiga ko‘ra, obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan vaqtda foydalanuvchi tashkilot tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha ishlar kiritilgan.

Kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha bajariladigan qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari qayta ishlab chiqilib, Shaharsozlik ekspertizasiga taqdim etilgan.

Ma’lumotda aytilishicha, obyekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabrdagi 740-sonli qarori talablariga muvofiq ko‘rib chiqilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, binoni joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda shaharsozlik talablarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun ta’sirchan moliyaviy javobgarlikni belgilash va noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.