Toshkent Oʻzbekiston hududlarining Progressiv reytingida yetakchilik qildi
Progressiv islohotlar markazi viloyatlar va Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholovchi hududlarning Progressiv reytingini uchinchi bor eʼlon qildi. Tadqiqot yettita asosiy yoʻnalishni qamrab oladi: sogʻliqni saqlash, taʼlim, iqtisodiyot, infratuzilma, imkoniyatlar, jamoat xavfsizligi va atrof-muhit. Reyting uch yillik monitoring natijalariga asoslangan boʻlib, bu hududlarning nafaqat hozirgi paytdagi holatini, balki ularning koʻrsatkichlari dinamikasidagi oʻzgarishlarni ham baholash imkonini beradi. […]

Toshkent Oʻzbekiston hududlarining Progressiv reytingida birinchi oʻrinni egalladi
Progressiv islohotlar markazi uchinchi bor viloyatlar va Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholovchi Hududlarning progressiv reytingini taqdim etdi.
Tadqiqotga yettita asosiy yoʻnalish kiritilgan: sogʻliqni saqlash, taʼlim, iqtisodiyot, infratuzilma, imkoniyatlar, jamoat xavfsizligi va atrof-muhit.
Reyting uch yillik monitoring natijalari asosida tuzilgan boʻlib, bu hududlarning nafaqat hozirgi holatini, balki ularning koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasini ham baholash imkonini beradi.
Tadqiqot yakunlariga koʻra, Toshkent shahri yettita yoʻnalishdan bir yoʻla toʻrttasi — taʼlim, iqtisodiyot, infratuzilma va imkoniyatlar boʻyicha eng yuqori natijalarni koʻrsatdi.
Bundan tashqari, poytaxt sogʻliqni saqlash sohasida ham eng yuqori koʻrsatkichlarga ega hududlar qatoridan joy oldi.
Reyting mualliflarining taʼkidlashicha, kompleks yondashuv hududlar rivojlanishini bir vaqtning oʻzida bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha solishtirish va bir necha yil davomida koʻrsatkichlarning oʻzgarishini kuzatib borish imkonini beradi.

