Toshkent metrosiga 14 ta zamonaviy poyezd qoʻshildi
Toshkent metropolitenida 56 ta yangi vagondan iborat 14 ta zamonaviy poyezd qatnovga qoʻyildi. Natijada metroning vagon parki qariyb 70 foizga yangilanib, tigʻiz vaqtlarda yoʻlovchilarning poyezd kutish vaqti qisqardi.

Toshkent metrosi 14 ta zamonaviy poyezd bilan to‘ldirildi
Transport vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2026-yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan barcha yangi poyezdlar o‘quv yili boshlanishigacha yetkazib kelingan. Yangi avlod poyezdlari metropolitenning to‘rtta yo‘nalishida qatnovni boshlagan.
Ayni paytda tig‘iz soatlarda poyezdlar quyidagi intervalda harakatlanmoqda:
- Chilonzor yo‘nalishida — 1,5–2 daqiqa;
- O‘zbekiston yo‘nalishida — 3 daqiqa;
- Yunusobod yo‘nalishida — 4 daqiqa;
- Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida — 7–8 daqiqa.
Vazirlik ta’kidlashicha, yangi poyezdlarning yo‘lga qo‘yilishi, ayniqsa, tig‘iz paytlarda kutish vaqtini sezilarli darajada kamaytirgan.

