Mahalliy

Toshkent metrosida topilgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida xavfsizlik xodimi topib olgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi. Pul Toshkentga avtomobil xarid qilish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi metro orqali Sergeliga ketayotganda sumkasidan tushib qolgan. Zarur tekshiruvlardan so‘ng uning egasi aniqlangan.

Toshkent metrosida topilgan 10 ming dollar egasiga qaytarildi

Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi topib olgan 10 ming dollar qonuniy egasiga qaytarildi. Mazkur pul Toshkentga avtomobil xarid qilish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosiga tegishli edi.

Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi o‘sha kuni avtomobil sotib olish maqsadida Sergeli tumaniga kelgan. U Olmazor metro bekatidan Sergeliga metro orqali yo‘l olgan. Fuqaroning aytishicha, shoshilib yugurgan vaqtida sumkasidagi 10 ming dollar solingan paket tushib qolgan. U pulini avtomobil bozoriga borgachgina yo‘qotganini bilgan.

Pul metropoliten hududida xizmat vazifasini bajarayotgan xavfsizlik xodimi tomonidan topilgan. Zarur tekshiruv va aniqlash ishlari o‘tkazilgach, pulning qonuniy egasi aniqlanib, 10 ming dollar unga to‘liq qaytarilgan.

Qozog‘iston fuqarosi metro va ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

“Pulni topib, meni Face ID orqali qidirishibdi. Men pulni yo‘qotganimni mashina bozorida bildim. Halol ekan, qaytib keldi. Hammalariga rahmat, ichki ishlarga mingdan-ming rahmat. Tez ishlashdi”, — dedi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.