Mahalliy

Toshkent metrosida nosozlik yuz berdi, buzilgan poyezd yoʻnalishdan olib tashlandi

Toshkent metrosida nosozlik yuz berdi, buzilgan poyezd yoʻnalishdan olib tashlandi

Toshkent metropolitenining "Shahriston" bekatida nosozlik yuz berdi. 7 oktyabr kuni ertalab poyezd texnik nosozlik sababli toʻxtab qoldi.

"2026 yil 7 oktyabr kuni soat 08:22 da "Shahriston" metro bekatida 1985 yilda ishlab chiqarilgan eski harakatlanuvchi tarkibga tegishli boʻlgan 69-sonli poyezd tarkibida texnik nosozlik qayd etildi. Nosozlik 6 daqiqa davom etdi", – deyiladi metropoliten xabarida.

Yoʻlovchilar tushirildi, poyezd esa texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun joʻnatildi. Yoʻnalishga zaxira tarkibi chiqarildi. Metropoliten yoʻlovchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi.

Shuningdek, Toshkent metropoliteni harakatlanuvchi tarkibini yangilash doirasida 2026 yilda oʻquv yili boshlanishidan oldin poytaxtga 56 ta vagondan iborat 14 ta yangi tarkib olib kelingani maʼlum qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.