Toshkent ilk bor stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Tashkentda 19-25 oktyabr kunlari ilk bor kattalar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi, unda Olimpiya shaharchasida 33 mamlakatdan 255 nafar sportchi kuch sinashadi.

Toshkent ilk bor stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Medallar toʻrtta yoʻnalishda: erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik, juftlik, aralash juftlik hamda jamoaviy musobaqalarda oʻynaladi.
Jamoaviy musobaqalar, shuningdek, kelasi yili Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan stol tennisi boʻyicha jahon chempionatiga saralash turniri vazifasini ham oʻtaydi va jamoalar dunyo birinchiligi yoʻllanmalari uchun kurashadilar.
Oʻz uyida oʻtadigan chempionatda Oʻzbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qiladi.
Milliy terma jamoa soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini 12 oktyabr kuni boshlaydi va Shimoliy Koreya hamda Qirgʻiziston terma jamoalari bilan birgalikda tayyorgarlik koʻradi.

