Mahalliy

Toshkent GEOMIN 2026 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda

Toshkent GEOMIN 2026 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda

Tadbir Xalqaro geofiziklar jamiyati (Society of Exploration Geophysicists — SEG) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘magida hamda ishtirokida tashkil etilgan.

GEOMIN 2026 konferensiyasining asosiy mavzusi — “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya orqali geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish”.

GEOMIN 2026 doirasida 26 mamlakatdan 70 dan ortiq tashkilot vakillari qatnashmoqda. Dasturda 100 dan ortiq taqdimot, 25 ta texnik sessiya, 34 nafar asosiy spiker chiqishlari hamda yuqori darajadagi uchta panel muhokamasi mavjud.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri yangi konlarni izlash samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt va katta hajmdagi geologik ma’lumotlardan foydalanishdir.

Dasturda energetik o‘tish, yuqori texnologiyali sanoat va global ta’minot zanjirlari barqarorligi uchun tobora muhim bo‘lib borayotgan kritik va strategik resurslarga alohida e’tibor qaratilgan. Mineral resurslarni qidirish va o‘zlashtirish istiqbollari, investitsiya imkoniyatlari hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.

GEOMIN 2026 konferensiyasining rasmiy ochilish marosimi 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova hamda Xalqaro geofiziklar jamiyati (SEG) prezidenti Rocky Detomo ishtirokchilarni qutladi.

GEOMIN 2026 dasturidan yuqori darajadagi uchta panel muhokamasi ham o‘rin olgan.

Konferensiyaning maxsus tadbirlaridan biri GEOMIN AI Labs bo‘lib, u sun’iy intellekt, ma’lumotlar bilan ishlash va geologiya-qidiruv yo‘nalishlarini birlashtirgan amaliy tashabbusdir. Eng yaxshi o‘nta finalchi konferensiya doirasida o‘z ishlanmalari va yechimlarini taqdim etadi.

GEOMIN 2026 konferensiyasining Toshkent shahrida o‘tkazilishi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda mamlakatda geologiya va tog‘-kon sanoatida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlarida aerogeofizika, masofadan zondlash, geodinamik modellashtirish, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish ko‘lami kengaymoqda.

Dastur doirasida Qalmoqqir mis koniga texnik tashrif ham ko‘zda tutilgan. Unda ishtirokchilar konning geologik tuzilishi, geologiya-qidiruv ishlarida qo‘llanilayotgan yondashuvlar hamda konchilik jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

GEOMIN ilk bor 2025-yilda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.