Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga rektor tayinlandi
Saodat Nosirova avval O‘zbek-Xitoy instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga yangi rektor tayinlandi
Saodat Nosirova Sharqshunoslik universiteti rektori etib tayinlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Nosirova Saodat Abdullayevna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Saodat Nosirova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

