Toshkent bolalar onkologiya xizmatini rivojlantirishga 174 million yevro yoʻnaltiriladi

Toshkent bolalar onkologiya xizmatini rivojlantirishga 174 million yevro yoʻnaltiriladi
Toshkentda bolalarda onkologik va gematologik kasalliklarni tashxislash va davolash tizimini yangilash rejalashtirilmoqda. Loyiha qiymati 174 million yevroni tashkil etadi.
Tegishli kontseptsiya xalq deputatlari poytaxt Kengashi tomonidan tasdiqlandi.
Loyiha Toshkentda yangi tashxis qoʻyish va davolash blokini qurish, shuningdek, faoliyat koʻrsatayotgan bolalar onkologiya markazini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Tibbiyot muassasalarini bolalarni tashxislash va davolash uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlash koʻzda tutilgan.
Mutaxassislar tayyorlash loyihaning alohida yoʻnalishiga aylanadi. Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalar bilan ishlovchi shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlarini oʻqitish hamda malakasini oshirish koʻzda tutilgan. Kengashning loyiha boʻyicha qarori 8 oktyabr kuni qabul qilindi.

