Mahalliy

Toshkent avtobuslarida sentyabrda yo‘l haqini to‘lamagan 14 mingdan ortiq yo‘lovchi jarimaga tortildi

Toshkent avtobuslarida sentyabr oyida yo‘l haqini to‘lamagan 14 mingdan ortiq yo‘lovchiga jarima qo‘llandi

Toshkent shahrida 1–22-sentyabr kunlari avtobuslarda yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lamagan 14 051 nafar yo‘lovchiga ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan 8 494 taga yoki 153 foizga ko‘p.

Mazkur davrda poytaxt avtobuslarida 27,8 mln nafardan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Yo‘lovchilar oqimi 2025-yilning shu davriga nisbatan 3,6 mln nafarga, avgust oyiga nisbatan esa 7 mln nafardan ziyodga yoki 34 foizga oshgan.

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lashning yangi tartibi joriy etilgan. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashi kerak.

Avvalroq Toshkent avtobuslarida yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.