Toshkent anʼanaviy yirik tadbirga tayyorgarlik koʻrmoqda: avtomobil sanoati, tijorat transporti va qurilish texnikasi yagona maydonda
2026-yilning 21–23-oktabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) yagona maydonda birdaniga uchta xalqaro tarmoq koʻrgazmasini birlashtiradi: Automechanika Tashkent, Comtrux Tashkent va Bautrux Tashkent. Ular bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan uchta yoʻnalishni qamrab oladi: avtobutlovchi qismlar va sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish (aftermarket), tijorat transporti hamda qurilish texnikasi.

Toshkent anʼanaviy yirik tadbirga hozirlik koʻrmoqda: avtomobil sanoati, tijorat transporti va qurilish texnikasi yagona maydonda jamlanadi.
Ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, distribyutorlar va xaridorlar uch kun davomida bitta maydonda ilk tanishuvdan tortib, ishbilarmonlik muzokaralari olib borish va bitimlar tuzishgacha boʻlgan jarayonni bosib oʻtishlari mumkin.
Oʻz mahsulotlari, texnologiyalari va yechimlarini dunyoning 19 ta mamlakatidan 503 ta kompaniya namoyish etadi: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina, Germaniya, Italiya, Polsha, Litva, Rossiya, Eron, Pokiston, Vyetnam, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari.
Umumiy koʻrgazma maydoni 25 000 m² ni tashkil etadi, tadbirga 20 000 dan ortiq professional tashrif buyuruvchilar kelishi kutilmoqda.
Messe Frankfurt litsenziyasi asosida oʻtkazilayotgan uchta koʻrgazmaning tashkilotchisi va Messe Frankfurt kompaniyasining Markaziy Osiyodagi rasmiy vakili boʻlgan Business Media Central Asia (BMCA) rahbari Dilfuza Samandarova shunday deydi: «Oʻzbekiston Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi muhim xabga aylanib bormoqda va koʻrgazmalarimiz xalqaro kompaniyalarga hamkorlar topish hamda yangi bozorlarni kashf etishda yordam berib, ushbu salohiyat bilan birga oʻsmoqda».
Automechanika Tashkent 2026: koʻrgazma Toshkentda uchinchi bor oʻtkaziladi. Anʼanaga koʻra, u avtobutlovchi qismlar, moylar, shinalar, avtomobil elektronikasi, diagnostika va servis uskunalari, shuningdek, avtoservislar uchun yechimlar ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilarni birlashtiradi.
Ishtirokchilar va brendlar orasida: EXZAP, TRT, LB Unite, MANN-FILTER, Michelin, CARVILLE, RAVENOL, LOAADI, BARS, Vikron, StarLine, Wolf, LOTOS Oil, TOTACHI, Petrovoll va boshqalar bor.
Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilganidan beri koʻrgazmani qoʻllab-quvvatlab kelayotgan Shell kompaniyasi uchinchi yil ketma-ket Automechanika Tashkent koʻrgazmasining bosh hamkori sifatida qatnashmoqda.
2025-yilda Shell vakillari koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarning koʻpligi va avtomobil sanoatiga qiziqish ortib borayotganini qayd etishgandi: «Tadbir davomida koʻplab nufuzli mehmonlar va soha vakillarining ishtiroki, koʻrgazma stendlaridagi qizgʻin faoliyat hamda tashrif buyuruvchilarning yuqori faolligi kuzatildi. Bu esa avtomobil sanoatiga boʻlgan qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolat beradi».

