Mahalliy

Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi yangi tezyurar elektropoyezd 10-sentabrdan qatnaydi (jadval)

10-sentabrdan Toshkent-Andijon yo‘nalishida zamonaviy CRRC-Dalian tezyurar elektropoyezdi qatnay boshlaydi. Poyezd Toshkentdan 09:20 da chiqib, Andijonga 13:35 da yetib boradi. Shuningdek, Andijon yo‘nalishidagi qator poyezdlarning harakat jadvali ham yangilanadi.

Toshkent-Andijon yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd 10-sentabrdan qatnay boshlaydi (jadval)

10-sentabrdan 730/729-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida amaldagi tarkib o‘rniga zamonaviy CRRC-Daliyan tezyurar elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

730-sonli Toshkent-Andijon poyezdi Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan soat 09:20 da jo‘nab, Angrenga 10:25, Popga 12:00, Qo‘qonga 12:28, Marg‘ilonga 13:00 da yetib boradi va Andijonga 13:35 da kirib keladi. 729-sonli Andijon — Toshkent poyezdi esa Andijondan 15:38 da yo‘lga chiqib, Marg‘ilonga 16:11, Qo‘qonga 16:43, Popga 17:11, Angrenga 18:50 da yetib, Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga 19:53 da keladi.

Taqqoslash uchun, hozirda shaharlar orasidagi poyezd safari 6 soatdan 7 soatgacha davom etadi. Poyezd taxminan soatiga 160 km tezlikkacha chiqishi mumkin.

Elektropoyezd 4 ta vagondan iborat bo‘lib, ularda jami 357 ta o‘rin mavjud: 1-, 2- va 4-ekonom vagonlarning har birida 95 tadan, 3-ekonom vagonda 72 ta o‘rin bor.

Shu bilan birga, 10-sentabrdan boshlab Andijon yo‘nalishida qatnaydigan bir qator yo‘lovchi poyezdlarining jadvali ham yangilanadi.

Jumladan, 91-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 15-sentabrdan Andijondan 18:40 da jo‘nab, Toshkentga 01:31 da yetib boradi. 92-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 14-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da chiqib, Andijonga 00:36 da yetadi.

93-sonli Andijon-Toshkent poyezdi 12-sentabrdan 16:35 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 22:31 da yetib keladi. 97/95-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da jo‘nab, Toshkentga 00:27 da yetib boradi. 96-sonli Toshkent-Andijon poyezdi esa 04:55 da jo‘nab, Andijonga 11:43 da yetib keladi. 98/94-sonli poyezd Toshkentdan 07:14 da chiqib, Andijonga 13:48 da yetadi.

Shuningdek, uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar harakat jadvalida ham o‘zgarishlar bo‘ladi.

126/125-sonli Xiva/Urganch-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 05:58 da chiqadi va Andijonga 12:13 da yetib boradi. Qaytish yo‘nalishidagi 125/126-sonli poyezd 10-sentabrdan Andijondan 15:45 da jo‘nab, Toshkent-Janubiyga 21:48 da yetadi.

127/128-sonli Andijon-Qo‘ng‘irot poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 17:30 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 00:27 da keladi. Qo‘ng‘irot-Andijon yo‘nalishidagi 128/127-sonli poyezd esa Toshkent-Janubiydan 05:58 da jo‘nab, Andijonga 13:14 da yetadi.

129/130-sonli Andijon-Termiz poyezdi 10-sentabrdan Andijondan 16:35 da chiqib, Toshkent-Janubiyga 22:31 da yetib keladi. 130/129-sonli Termiz-Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanib, Toshkent-Janubiydan 07:14 da jo‘naydi va Andijonga 13:15 da yetadi.

Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 731-sonli poyezd 10-sentabrdan 06:35 da jo‘nab, Toshkentga 13:15 da yetib boradi. 732-sonli Toshkent-Andijon poyezdi 17:50 da jo‘nab, Andijonga 23:58 da yetib keladi. 733-sonli poyezd 14-sentabrdan Andijondan 05:50 da chiqib, Toshkentga 13:15 da yetadi. 734-sonli poyezd esa 13-sentabrdan Toshkentdan 17:50 da jo‘nab, Andijonga 00:36 da yetib boradi.

Viloyatlararo qatnovlarda ham yangi jadval joriy etiladi. 6312-sonli Qo‘qon-Andijon poyezdi 10-sentabrdan Qo‘qondan 06:05 da chiqib, Andijonga 08:44 da yetadi. 6313-sonli Andijon-Qo‘qon poyezdi esa 17:08 da jo‘nab, Qo‘qonga 19:45 da keladi.

7091-sonli Qo‘qon-Namangan-Andijon-Qo‘qon poyezdi Qo‘qondan 05:30 da yo‘lga chiqib, Namanganga 07:51, Andijonga 10:40 da yetadi va Qo‘qonga 13:42 da qaytib keladi. 7093-sonli Qo‘qon-Namangan poyezdi 14:15—16:36, 7094-sonli Namangan-Qo‘qon poyezdi esa 17:00—19:16 oralig‘ida harakatlanadi.

Yo‘lovchilarga safar oldidan poyezdlarning yangilangan harakat jadvali bilan tanishib olish tavsiya etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.