Mahalliy

Toshkent-Andijon yoʻnalishida tezyurar poyezd sinovdan oʻtkazildi

Toshkent-Andijon yoʻnalishida tezyurar poyezd sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda 31-avgust kuni “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, Toshkentdan Andijonga qarab harakatlangan ilk tezyurar elektropoyezd sinovdan oʻtkazilgan. Ushbu yangi poyezd Xitoydan olib kelingan boʻlib, soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

“Poyezd Toshkentdan Andijongacha toʻrt soatda yetib keldi”, deyiladi xabarda.

Hozirda poyezd texnik sinov jarayonidagi qatnovni amalga oshirgan. Yaqin kunlarda u harakat jadvali asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsata boshlashi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yil fevral oyida Oʻzbekistonga Koreyadan Hyundai Rotem tezyurar yoʻlovchi poyezdi import qilingan edi. “Jaloliddin Manguberdi” deb nomlangan ushbu poyezd may oyida Toshkent—Urganch—Xiva yoʻnalishida qatnay boshlagan. Uning uzunligi 175 metrni tashkil etadi va uchta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yoʻlovchini sigʻdira oladi. Yetti vagondan iborat poyezd soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi, bu esa yoʻl vaqtini eski poyezdlar bosib oʻtadigan 14 soatdan 7,5 soatgacha qisqartirgan.

Transport vazirligi Hyundai Rotem poyezdlarini Toshkentdan Andijon va Termizga ham yoʻlga qoʻyish ustida ishlanayotganini bildirgan. Bu maqsadga erishish uchun sakkizta elektropoyezdni yetkazib berish loyihasi yuzasidan texnik shartlar kelishilayotgani xabar qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.