Toshkent aholisi avtoturargoh uchun toʻlovni amalga oshirish talab qilingan firibgarlik SMS-xabarlaridan ogohlantirildi

Toshkent aholisi avtoturargoh uchun toʻlov qilish talab etilgan soxta SMS’lardan ogohlantirildi
Poytaxt aholisiga Poytaxt Parking nomidan soxta SMS’lar kela boshladi. Bu xabarlarda haydovchilar goʻyoki avtoturargoh uchun toʻlov qilmagani aytiladi, yuzaga kelgan qarzdorlikni uzish uchun esa havola boʻyicha oʻtish taklif etiladi. Kompaniyadagilar bunday bildirishnomalarni joʻnatmasliklarini taʼkidladilar.
Shahar aholisi bunday xabarlardagi havolalar boʻyicha oʻtmaslikka, bank kartalari maʼlumotlari va avtomobil raqamlarini kiritmaslikka chaqirildi. Bunday SMS’larni oʻchirib tashlash tavsiya etiladi.
Agar shaxs karta maʼlumotlarini kiritishga ulgurgan boʻlsa, u darhol oʻz banki bilan bogʻlanishi va uni bloklashi kerak.
Shuningdek, Poytaxt Parking avtoturargoh toʻlovi holatini faqat xizmatning rasmiy ilovasida tekshirish mumkinligini eslatib oʻtdi.
Savollar tugʻilganda haydovchilar 78 113 67 00 telefoni orqali murojaat qilishlari yoki Telegram’dagi @PoytaxtParkingsupportbot botiga yozishlari mumkin.
Bundan tashqari, oʻzbek alifbosi yangilanishi fonida firibgarlar Telegram’da yangi harflar mavjud boʻlgan klaviaturani oʻrnatish fayllarini yubormoqdalar. Vaʼda qilingan ilova oʻrniga ular parollarni oʻgʻirlashi, yozishmalarni oʻqishi va foydalanuvchilarning moliyaviy maʼlumotlariga kirish huquqini olishi mumkin boʻlgan zararli dasturni yubormoqdalar.

