Tonnasi 15 million soʻmdan yuqori boʻlgan narxda agrarchilarga dizel yonilgʻisi qiymatining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Oʻzbekistondagi qishloq xoʻjaligi korxonalariga 1 iyuldan 1 dekabrgacha birjadan sotib olingan dizel yoqilgʻisi qiymatining bir qismi qoplab beriladi. Agar narx bir tonna uchun 15 mln soʻmdan oshsa, davlat farqni qoplaydi, biroq bu miqdor 2 mln soʻmdan oshmasligi kerak.

Agrarchilarga dizel yoqilgʻisi narxi bir tonna uchun 15 mln soʻmdan oshganda uning qiymatining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalariga tovar-xom ashyo birjalari orqali sotib olinadigan dizel yoqilgʻisi xarajatlarining bir qismi vaqtinchalik kompensatsiya qilinadi. Bunday chora Prezidentning 12 sentyabrdagi suyultirilgan gaz bozorini isloh qilish toʻgʻrisidagi qarorida koʻzda tutilgan.
Kompensatsiya 2026 yil 1 iyuldan 1 dekabrgacha boʻlgan davrda sotib olingan yoqilgʻiga nisbatan qoʻllaniladi.
Agar bir tonna dizel yoqilgʻisining birja narxi 15 mln soʻmdan oshsa, respublika byudjetidan qishloq xoʻjaligi korxonasiga oshgan summa qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori har bir tonna uchun 2 mln soʻm bilan cheklanadi.
Masalan, agar bir tonna dizel 16 mln soʻmga sotib olinsa, kompensatsiya 1 mln soʻmni tashkil etadi. Agar narx 18 mln soʻmga yetsa, subsidiya miqdori baribir belgilangan maksimal miqdordan — tonnasiga 2 mln soʻmdan oshmaydi.
Toʻlovlar Agrar sohada toʻlovlar agentligi orqali amalga oshiriladi.
Qarorda, shuningdek, boshqa bir subsidiya — suyultirilgan gaz sohasidagi subsidiyani byudjetdan moliyalashtirish ham koʻzda tutilgan. 2027 yildan boshlab aholi uchun gazning tartibga solinadigan chakana narxi va yangi operator — LPG-Trade kompaniyasining iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlari oʻrtasidagi farqni qoplash xarajatlari Davlat byudjeti parametrlarida alohida satrda koʻzda tutilishi kerak.
Bundan tashqari, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan va aholi uchun moʻljallangan suyultirilgan gazni tashish uchun LPG-Trade uchun tashish masofasidan qatʼi nazar, butun respublika boʻylab yagona temir yoʻl tarifi joriy etiladi.
683,4 ming tonna — oʻtgan yilning shu davriga nisbatan (673,7 ming tonna) bor-yoʻgʻi 1,4 foizga koʻp. Iyul oyida 115,4 ming tonnaga yaqin dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi — bu iyun oyidagiga nisbatan 1,6 foizga kam.
Birinchi yarim yillikda dizel yoqilgʻisi importi 18,7 foizga — 283 ming tonnagacha, uning qiymati esa 11,1 foizga — 228,9 mln dollargacha kamaydi. Bunda oʻrtacha import narxi 9,4 foizga oshib, tonnasiga 809 dollarni tashkil etdi. Iyun oyida import oʻtgan yilning shu davridagi 51,8 ming tonnaga nisbatan 2,8 ming tonnagacha qisqardi.

