Toni Kroos “Oltin to‘p-2026” sovriniga qaysi futbolchi munosib ekanligini aytdi

Toni Kroos 2026-yilgi "Oltin to‘p"ni kim yutishi kerakligini aytdi
Germaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubining sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos bu yilgi "Oltin to‘p" mukofotiga eng loyiq futbolchi kim ekanligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Sobiq futbolchining so‘zlariga ko‘ra, yilning eng nufuzli sovrinini "PSJ" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya qo‘lga kiritishi lozim:
" 'Oltin to‘p'ni aynan Xvicha Kvaratsxeliya olishi kerak! Men uchun yagona favorit — u. Jahon chempionatida o‘ynagan Messi, Bellingem, Mbappe va Rodri kabi yulduzlar o‘z klublarida unchalik ham yorqin mavsum o‘tkazishmadi. Xvicha esa o‘tgan yili ham, hozir ham nafaqat eng zo‘r futbolchi, balki dunyoning eng kuchli jamoasida to‘p surmoqda", deb yozdi Kroos o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 2026-yilning 26-oktabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi "PSJ" futbolchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

