Dunyo

“Tolibon” xususiy universitetlarda huquqshunoslik va yana ikkita yo‘nalishni yopmoqchi

“Tolibon” xususiy oliygohlarda huquqshunoslik, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarini bekor qilmoqda.

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi xususiy universitetlarga huquq, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich tugatishni buyurdi. Bu haqda “Hashti Subh Daily” nashri qo‘lga kiritgan hujjatda ma’lum qilingan.

Hujjatda aytilishicha, ushbu qaror “Tolibon” Rahbarlik kengashi tomonidan muhokama qilinib, tasdiqlangan. “Tolibon” o‘z qarorini ikki asosiy sabab bilan izohlagan:

* Mazkur fakultetlarga talabalarning qiziqishi pastligi.

* Bitiruvchilar uchun yetarli ish o‘rinlarining mavjud emasligi.

Qarorga ko‘ra, xususiy universitetlarga ushbu yo‘nalishlar o‘rniga muqobil dasturlarni taklif qilish topshirilgan. Shuningdek, Akademik dasturlarni rivojlantirish boshqarmasi ham mos keladigan yangi yo‘nalishlarni taklif etishi lozim.

Yangi taklif etiladigan yo‘nalishlar ko‘proq abituriyentlarni jalb qilishi va bitiruvchilarga kengroq ish imkoniyatlarini taqdim etishi kerak. Tibbiyot va stomatologiya yo‘nalishlariga bu taqiq ta’sir qilmaydi.

Avvalroq “Tolibon” yangi qonun bilan Afg‘onistonda barcha turdagi namoyishlarni taqiqlagani haqida xabar berilgan edi. Haybatulloh Oxundzoda tomonidan tasdiqlangan “Politsiya qonuni” xavfsizlik kuchlarining vazifalarini kengaytirib, xodimlar va aholi uchun bir qator qat’iy cheklovlar hamda qoidalarni belgilab bergan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.