Dunyo

“Tolibon” Mozori Sharif aholisini o‘z bayrog‘ini sotib olishga va uni ilishga majburlamoqda — manba

Mozori Sharif aholisi "Tolibon" bayrog'ini sotib olishga va osib qo'yishga majburlanmoqda — manba

Afg'onistonning Balx viloyati markazi Mozori Sharif shahridagi mahalliy manbalarning xabar berishicha, "Tolibon" harakati aholiga bosim o'tkazib, o'zining oq bayrog'ini sotib olishga majburlamoqda.

"Hashti Subh Daily" nashriga 13-avgust kuni ma'lum qilinganidek, "Tolibon" odamlarga ogohlantirish bergan. Unga ko'ra, fuqarolar harakat bayrog'ini sotib olib, uni o'z do'konlari va uylariga ilib qo'yishlari shart.

Manbalardan birining aytishicha, bayroq sotib olishga puli yo'qligini bildirgan bir fuqaro "Tolibon" a'zolari tomonidan kaltaklangan. Shuningdek, "Tolibon" odamlardan daraxtlarni va uylari atrofidagi ba'zi joylarni oq rangga bo'yashni ham talab qilgani qo'shimcha qilindi.

Avvalroq Qandahor va Hilmand viloyatlaridagi manbalar ham "Tolibon" odamlardan 15-avgustgacha harakatning oq bayrog'ini do'konlar va ish joylariga o'rnatishni buyurganini tasdiqlagan edi. Manbalarning bildirishicha, bu talab bajarilmagan taqdirda odamlarga do'konlari va ish joylarini yopib qo'yish bilan tahdid qilingan.

Bu holat Afg'onistonda ko'pchilik aholi qashshoqlik, ishsizlik va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan kurashayotgan hamda eng asosiy hayotiy ehtiyojlarini qoplay olmayotgan bir paytda yuz bermoqda. Hozirda mamlakatda muxolifat kuchlari "Tolibon"ga qarshi faol harakat qilmoqda. Bunga javoban harakat sobiq hukumat kuchlarining uyida tintuv o'tkazib, o'lim bilan tahdid qilgani haqida ma'lumotlar bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.