Dunyo

Tokioda 10 yoshli qizchaga shilqimlik qilganlikda gumonlanib, oʻzbekistonlik kuryer qoʻlga olindi

Tokioda politsiya boshlangʻich sinf oʻquvchisiga nisbatan odobsiz harakatlar sodir etganlikda gumon qilib, ovqat yetkazib berish kuryeri boʻlib ishlovchi 45 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi. Jiji Press xabariga koʻra, Sinagava tumanida istiqomat qiluvchi Moʻminov Dilshod Komiljonovich 5 iyul kuni soat 17:00 atrofida Setagaya tumanidagi xonadonlardan biriga ovqat yetkazib berish uchun borgan. Oʻsha paytda 10 yosh yoki undan kattaroq boʻlgan qizcha […]

Tokioda 10 yoshli qizchaga shilqimlik qilishda gumonlanib, oʻzbekistonlik kuryer qoʻlga olindi

Tokioda politsiya boshlangʻich sinf oʻquvchisiga nisbatan odobsiz harakatlar sodir etganlikda gumon qilib, taom yetkazib berish kuryeri boʻlib ishlagan 45 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi.

Jiji Press xabariga koʻra, Sinagava tumanida istiqomat qiluvchi Moʻminov Dilshod Komiljonovich 5 iyul kuni soat 17:00 atrofida Setagaya tumanidagi xonadonlardan biriga taom yetkazib berish uchun borgan. Oʻsha paytda uyda 10 yoshlar atrofidagi qizcha yolgʻiz boʻlgan.

Politsiya talqiniga koʻra, erkak qizchani quchoqlab, oʻpgan. Voqeadan keyin qizning oʻzi shoshilinch raqam orqali politsiyaga qoʻngʻiroq qilgan.

Gumonlanuvchi qoʻyilgan ayblovlarni tan oldi. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, u qizcha uning dididagidek boʻlgani uchun oʻzini tiya olmaganini aytgan.

Tergov davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.