Dunyo

Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

Tojikiston poytaxtida balandligi 340 metr boʻlgan «Dushanbe minorasi» quriladi. Prezident Imomali Rahmon yirik meʼmoriy majmua qurilishiga start berdi.

Tojikistonda Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlandi

Yangi majmuaning markaziy obyekti balandligi 340 metr bo‘lgan, 77 qavatli «Dushanbe minorasi» binosi bo‘ladi. U mintaqadagi eng baland inshootga aylanadi. Me’moriy majmua tarkibiga jami 52 ta obyekt, jumladan, beshta osmono‘par minora va mintaqadagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markaz kiradi.

Loyiha mehmonxona, kafe va restoranlar, savdo maydonlari, ofislar, 1000 o‘rinli konsert zali, kinoteatr, bolalar hududi, sport majmuasi, bog‘ va ko‘l bilan birga ko‘p funksiyali makon yaratishni nazarda tutadi.

Shuningdek, loyiha doirasida 6160 ta xonadonga ega 42 ta turar-joy binosi, 1200 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan umumta’lim muassasasi hamda 500 o‘rinli bolalar bog‘chasi quriladi.

Majmua hududining umumiy maydoni 29 gektarni tashkil etadi. Qurilish yakunlangach, bu yerda 270 ming kvadrat metr maydonda ishlash, yashash, dam olish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy turar-joy va ishbilarmonlik klasteri barpo etiladi. Loyiha 4300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Majmua qurilishi «Tas International Group» kompaniyasi tomonidan 5 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. Qurilishga 2000 dan ortiq mahalliy quruvchi jalb etiladi.

Avvalroq majmuaning loyihaviy yechimini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Cool Design Studio kompaniyasi obyekt qurilishida Tojikiston kompaniyalaridan tashqari O‘zbekiston, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarining ixtisoslashgan kompaniyalari ham ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.