Dunyo

Tojikiston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashi aʼzoligiga oʻz nomzodini koʻrsatdi

Tojikiston ilk bor BMT Xavfsizlik kengashiga oʻz nomzodini taklif qildi

Tojikiston oʻz tarixida ilk bor 2028–2029 yillar uchun BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat aʼzoligiga nomzodini ilgari surdi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida soʻzlagan nutqida maʼlum qildi.

Tashqi siyosat mahkamasi rahbari Xavfsizlik kengashiga aʼzolik tashkilot Nizomini saqlab qolish va xalqaro tinchlikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi katta masʼuliyat ekanini taʼkidladi. U oʻz nutqida, shuningdek, Qirgʻizistonni 2027–2028 yillar uchun BMT XK muvaqqat aʼzosi etib saylangani bilan tabrikladi va Tojikistonning muzliklarni, suv resurslarini himoya qilish, terrorizmga qarshi kurashish hamda sunʼiy intellektni rivojlantirish bilan bogʻliq tashabbuslarini eslatib oʻtdi.

Bundan tashqari, Tojikiston Bosh kotib Antoniu Guterrish tomonidan 2025 yilning martida boshlangan "BMT-80" islohotlar jarayonini qoʻllab-quvvatladi. Ushbu dastur resurslarni optimallashtirish, eskirgan mandatlarni qayta koʻrib chiqish va tarkibiy oʻzgarishlar hisobiga jahon tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston 2035–2036 yillar uchun BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat aʼzoligiga oʻz nomzodini ilgari surgan edi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻsha sessiyada mamlakat nomidan soʻzlagan nutqida maʼlum qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.