Texnologiya

“Toʻy taklifnomasi” – Telegram’da zararli APK fayllari koʻpaymoqda

Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarning katta qismi zararli APK fayllari bilan bogʻliq. Bunda turli bonus va yutuqlar vaʼdasi, toʻy yoki bayram taklifnomasi, umuman, qiziquvchanlikka asoslangan har qanday chaqiruv tuzoq vazifasini bajarmoqda.

“Toʻy taklifnomasi” – Telegram’da zararli APK fayllari koʻpaymoqda

Telegram’da yangi nomlar ostidagi APK fayllari soni ortib bormoqda. Bunday fayllarni ochish yoki zararli havolalarga kirish jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Zararli APK fayllari ularni ochishga undovchi bir nechta psixologik hujumlarga tayanadi. Qiziquvchanlikdan foydalanilgan bu turdagi zararli fayllar toʻy yoki bayram taklifnomasi, MIB qarzdorligi va shunga oʻxshash shakllarda boʻlishi mumkin. “suratingiz tarqab ketibdi”, “sudga chaqirildingiz”, “sizni kuzatishyapti” kabi ko‘rinishlar ko‘proq uchraydi. Shuningdek, ular “sizga yutuq chiqdi”, “bonusni oling” va boshqa shu kabi nomlarda ham uchraydi.

APK fayllari kiberfiribgarlar uchun telefoningizni ochib beruvchi “kalit” hisoblanadi. Shu sababli, bunday fayllarni ochish uyga tushayotgan oʻgʻriga xonadon kalitini berib, “istagan narsangizni olib chiqib ketavering”, deyish bilan barobar. Kiberfiribgarlar aynan foydalanuvchining ruxsati, ya’ni faylni ochishi orqali oʻgʻrilikni amalga oshira oladi.

Oʻgʻirlangan narsalar esa shaxsiy maʼlumotlar, akkaunt yoki bank kartasi boshqaruvi, undagi pul mablagʻlari boʻlishi mumkin.

APK fayllarini ochish yoki zararli havolalarga kirish jiddiy oqibatlarga olib keladi. Chunki kiberfiribgar bu orqali quyidagilarni qoʻlga kiritishi mumkin: shaxsiy maʼlumotlar; akkauntga ruxsatsiz kirish; telefon apparatini masofadan boshqarish; telefondagi moliyaviy ilovalardan pul oʻgʻirlash; akkaunt nomidan uning tanishlariga zararli fayllar joʻnatish va boshqalar.

Agar shubhali ilova ochilib, telefon qurilmasiga oʻrnatib yuborilgan boʻlsa, quyidagi choralarni koʻrish tavsiya qilinadi:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.