Mahalliy

Toşkentda havo sifatining qisqa muddatli yomonlaşişi kutilmoqda

Toşkentda 24-oktabrga ötar keçasi havo sifati yomonlaşib, PM2.5 va PM10 mayda zarraçalari miqdori ortişi kutilmoqda. Ekologiya qömitasi prognoziga köra, vaziyat tongdan boşlab yaxşilanişi mumkin.

Toshkentda havo sifati qisqa muddatga yomonlashishi kutilmoqda

Toshkent shahrida 24-oktabrga o‘tar kechasi atmosfera havosi sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita prognoziga ko‘ra, kechki va tungi soatlarda havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori oshib, havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha «noqulay» darajaga yetishi kutilmoqda.

Milliy havo sifati indeksida esa ko‘rsatkichlar asosan «sariq» darajada bo‘lishi mumkin.

Bunga tunda havo haroratining pasayishi, shamolning kuchsizligi va kuchli harorat inversiyasi ta’sir qilishi mumkin. Bunday sharoitda atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvi cheklanib, mayda chang zarrachalari yer yuzasiga yaqin joyda to‘planadi.

Tongdan boshlab harorat inversiyasi zaiflashishi hisobiga havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda. Biroq ertalabki soatlarda poytaxtning ayrim hududlarida havo sifati «sezgir guruhlar uchun noqulay» darajada saqlanishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.