Sport

Toşkent hokimligi «Paxtakor»ga 5 mlrd söm ajratadi

«Paxtakor» futbol klubiga Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan 5 milliard söm ajratiş belgilandi. Mablağ klub tasdiqlagan sarf-xarajatlar smetasi böyiça işlatiladi.

Toşkent hokimligi «Paxtakor»ga 5 mlrd söm ajratadi

Bu Toşkent şahar hokimining 2026-yil 29-oktabrdagi 565-14-0-Q/26-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat şahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi hamda «Paxtakor» futbol klubining murojaatlari inobatga olingan holda qabul qilingan.

Qarorga görä, hokimning moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari mablağni klubga ötkaziş yuzasidan «Toşkent Invest kompaniyasi» kuzatuv kengaşiga taklif kiritishi kerak. Şuningdek, kompaniya bilan birgalikda 5 milliard sömni ajratiş çoralarini köriş vazifasi belgilangan.

Munitsipal aktivlarni boşqariş markaziga ajratilgan mablağlar hisobidan ustav fondidagi uluşini oşiriş hamda pulning maqsadli sarflanişini taʼminlaş topşirilgan.

Mablağdan foydalaniş böyiça xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga hisobot kiritilişi belgilangan. Qaror ijrosini nazorat qiliş hokimning birinçi örinbosari D. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilgan.

Hujjatda pul klub tasdiqlagan smetaga muvofiq sarflanişi körsatilgan, biroq xarajatlarning alohida yönalişlari va ularga ajratiladigan summalar keltirilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.