TMFTs Direktorlar kengashining vazifalari belgilandi
Prezidentning «Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

TXMM Direktorlar kengashining vazifalari belgilandi
Prezidentning 10.09.2026 yildagi «Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-188-son Farmoni qabul qilindi.
«Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, hujjat bilan TXMM organlari va mansabdor shaxslari faoliyatini tashkil etish masalalari tartibga solindi. Quyidagilar tasdiqlandi:
Kengash Moliya markazining umumiy strategiyasi, yoʻnalishi va boshqaruvini belgilash, shuningdek, Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan maqsad, vazifa va printsiplari amalga oshirilishini taʼminlash uchun javobgardir.
Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda mustaqil ravishda faoliyat yuritadi. Hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, Moliya markazi ishtirokchisi yoki boshqa shaxs Kengash faoliyatiga aralasha olmaydi, Konstitutsiyaviy qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 11.09.2026 yildan kuchga kirdi.

