TIV rahbari Shveysariya va Germaniya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Tashqi ishlar vaziri Shveysariya va Germaniya elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 11-avgust kuni Shveysariyaning mamlakatimizdagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Giger hamda Germaniya Federativ Respublikasining yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mattias Follertning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama etilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish zarurligi ta’kidlandi.

