“Titanik”dagi Jekning do‘sti bo‘lgan Fabritsioni gavdalantirgan aktyorning taqdiri qanday kechdi?

“Titanik”dagi Jekning do‘sti Fabritsioni gavdalantirgan aktyorning hayoti qanday davom etdi?
“Titanik” filmida Jek obrazini yaratgan Leonardo Di Kaprio butun dunyo bo‘ylab shu rol orqali mashhurlikka erishgan. Ammo bugun kamdan kam odam kemada bosh qahramon bilan birga bo‘lgan Jekning do‘sti Fabritsioni eslaydi. Ushbu qahramon rolini loyihada yosh aktyor Denni Nuchchi ijro etgan va uning filmdan keyingi taqdiri “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyornikidan qolishmagan.
Fabritsio Denni Nuchchining ilk roli bo‘lmagan, biroq aynan shu obraz uning mashhurligiga yo‘l ochgan. U aktyorlik kurslarini tamomlagan va 80-yillarning o‘rtalarida Italiyadan AQSHga ko‘chib kelgach, filmlarda rol o‘ynay boshlagan. Dastlab u uncha mashhur bo‘lmagan seriallarda ko‘ringan, ammo “Titanik”dan so‘ng unga yanada jiddiy takliflar kela boshlagan.
Hozir u boy filmografiyaga ega. Bundan tashqari, Denni shaxsiy hayotida ham baxt topgan aktyorlardan biri hisoblanadi. U qariyb yigirma yildan beri turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor. Shuningdek, aktyor sog‘lig‘iga e’tibor beradi va o‘zining ajoyib tashqi ko‘rinishini saqlashga intiladi. Kelishgan aktyor “Oskar”ni olmagan bo‘lsa-da, ortiqcha vaznga ega, yolg‘iz Di Kapriodan yaxshiroq hayot kechirmoqda.

