Siyosat

Timur Ismoilov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Timur Ismoilov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda 21-avgust kuni IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

U ushbu tayinlovga qadar, ya’ni 2024-yil yanvar oyidan boshlab Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan edi. Bungacha esa Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Prezidentning tegishli qarori asosida amalga oshirilgan ushbu yangi tayinlov bilan Timur Ismoilovga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, tizimni raqamlashtirish vazifalarini qat’iy nazorat qilish, ichki ishlar organlarining boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, jamoat tartibini saqlashning zamonaviy usullarini keng joriy etish, aholining huquqiy madaniyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish talabi qo‘yildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.