Mahalliy

Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bo‘yicha talablar kuchaytiriladi

Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxsning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi

**Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi**

2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

Hukumatning 577-sonli (19.10.2026-y.) qarori bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2030-yil 1-yanvardan e’tiboran tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shaxslarga 5 yil muddatga beriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan shaxsning tegishli mutaxassislik bo‘yicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.

Vakolatli organ — Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi.

2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha xodimlar mutaxassisligi bo‘yicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga ko‘ra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 20 yil ish stajiga va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi bo‘yicha 3 yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oshirmagan xodimlar bundan mustasno).

Murojaat Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali yuboriladi. Elektron arizalar dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida topshirilishi mumkin.

Vakolatli organ so‘rovnomani 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, talabgorni maxsus imtihonga qo‘yish yoki qo‘ymaslik haqida qaror qabul qiladi.

Guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekshiriladi. Uning qog‘oz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan xodimlar kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun har 5 yilda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.