Mahalliy

Tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi.

Senatorlar mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birga joylarda o‘tkazgan o‘rganishlar tibbiyot chiqindilari bilan bog‘liq ayrim muammolar hanuz saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi.

Xususan, tibbiyot chiqindilarini ochiq usulda yoki maishiy chiqindilar bilan birga yoqish, shuningdek, ularni maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari kuzatilmoqda.

Shundan so‘ng Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A. To‘ychiyev sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yubordi.

Unda tibbiyot chiqindilarining kunlik hajmi bo‘yicha yagona elektron hisob yuritish hamda chiqindilarni belgilangan tartibda qayta ishlash korxonalariga to‘liq yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot so‘ralgan.

Shuningdek, tibbiyot chiqindilarini to‘plash, tashish, saqlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ham ma’lumot berish so‘ralgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.