Dunyo

«The Times» nashri FIFA va Janni Infantinodan rasman uzr so‘radi

13-oktyabrda e’lon qilingan maqolada Infantino futbol bo‘yicha jahon chempionatini tashkillashtiruvchi FWC2026 tuzilmasidan deklaratsiya qilinmagan to‘lov

«The Times» nashri FIFA va Janni Infantinodan rasman uzr so‘radi

Britaniyaning «The Times» gazetasi FIFA hamda uning prezidenti Janni Infantinodan rasmiy ravishda uzr so‘radi.

Nashr 13-oktyabr kuni chop etgan maqolasida Infantino 2024-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatini tashkil etuvchi FWC2026 tuzilmasidan deklaratsiya qilinmagan to‘lov olgani haqida da’vo qilgan edi. Endi esa gazeta Janni Infantinoning 1,76 million dollar miqdorida «ikkinchi maosh» olgani haqidagi bu ma’lumot noto‘g‘ri ekanini tan oldi.

«The Times»ning aniqlik kiritishicha, Infantinoning xarajatlari va olgan kompensatsiyalari Shveysariya moliyaviy hisobot qoidalariga ko‘ra mukofot (maosh) hisoblanmaydi va FIFAning yillik hisobotiga kiritilishi shart emas. Shuningdek, gazeta FIFA prezidentining Mayamida arzonlashtirilgan narxda ko‘chmas mulk sotib olgani haqidagi ayblovlarini ham qaytarib oldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.