Test: “Zulmatni tark etib” va “Qutlug‘ qon” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
'Ulug‘bek yulduzi', 'Yor-yor' va 'Rustam va Suhrob' singari kinolarda suratga tushgan Olim Xo‘jayev tavalludiga 7-oktabrda 116 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta o‘zbek teatri va kino arbobining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Zulmatni tark etib” va “Qutlug‘ qon” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
Olim Xo‘jayev 1910-yil 7-oktabrda, ayrim manbalarga ko‘ra esa 24-sentabrda, Buxoroda dunyoga kelgan. U 1929-yilda Buxoro maorif bilim yurtini tamomlab, 1977-yilgacha Hamza teatrida ishlagan. “Alisher Navoiy”, “Hamza”, “Hamlet” singari spektakllarda 100 dan ortiq obrazlarni gavdalantirgan. Rejissyor sifatida “Abu Rayhon Beruniy”, “Yurak sirlari”, “Boy ila xizmatchi” spektakllarini sahnaga qo‘ygan.
U 1956-yilda “Abu Ali ibn Sino”, “Qutlug‘ qon” filmlarida, 1958−1959-yillarda esa “Farzandlar”, “Shoirning taqdiri” va “Ikkinchi bahor”da suratga tushgan. 1960−1965-yillarda “Hamza”, “Yor-yor” hamda “Ulug‘bek yulduzi”da qatnashgan. Shuningdek, u “Zulmatni tark etib”, “Umid”, “Rustam va Suhrob” kabi filmlarda ham ishtirok etgan.
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi 1977-yilda vafot etgan.

