Layfstayl

Test: “Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari” kabi o‘zbek filmlarini bilasizmi?

“Yuksalish”, “Ramazon” hamda “Yigit” singari filmlarni suratga olish bilan birga, aktyor sifatida ham o‘zbek kinosida o‘chmas iz qoldirgan Nabi G‘aniyev tavalludiga 2026-yilning sentabrida 122 yil to‘ldi. Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Tohir va Zuhra”, “Nasriddinning sarguzashtlari” kabi o‘zbek filmlarini bilasizmi?

Nabi G‘aniyev 1904-yil 15-sentabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. U avval eski usuldagi o‘quv dargohida, keyin esa “Namuna” maktabida tahsil olgan. 1924-yilda Moskvadagi Oliy badiiy-texnika ustaxonalarida o‘qishni boshlashidan oldin teatr tomoshalari uchun badiiy havaskorlik to‘garagiga rahbarlik qilgan va spektakllar sahnalashtirgan.

1925-yilda Toshkentga qaytib, “Sharq yulduzi” kinostudiyasiga ishga kirgan. Keyinchalik “O‘zbekkino”da turli lavozimlarda ishlagan. 1926-yilda “Kinossenariy” va “Kinoaktyor” nomli o‘zbek tilidagi ilk qo‘llanmalarni yozgan.

1927−1928-yillarda “Soyabonli arava”, “Moxov qiz” filmlarida turli rollarni ijro etgan. “Baxt quyoshi”, “So‘nggi bek” kabi filmlarda esa rejissyor assistenti bo‘lgan.

Mustaqil rejissyorlik faoliyatini 1928-yildan boshlagan. 1931−1935-yillarda “Yuksalish”, “Ajoyib-g‘aroyib ish”, “O‘lim qudug‘i”, “Ramazon” va “Yigit” filmlarini suratga olgan. 1941-yilda “Biz yengamiz”, “Dovyurak do‘stlar”, oradan to‘rt yil o‘tib esa “Tohir va Zuhra”ni taqdim etgan. “Farg‘ona qizi” esa 1948-yilda namoyish etilgan.

Shuningdek, u “Nasriddinning sarguzashtlari”, “Nasriddin Buxoroda”, jumladan, “Lotinlashtirish” kabi filmlarga ham rejissyorlik qilgan.

1937-yilda Nabi G‘aniyev aksilinqilobchilikda ayblanib 27 oyga qamalgan. Bunga uning suratga olgan “Hokimiyat kimniki?” nomli filmi mazmuni ham sabab bo‘lgan. 1939-yilda ozod etilgan ijodkor 1953-yil 19-oktabrda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.