Layfstayl

Test: Rahmat Fayziyning asarlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

'Hazrati inson', 'Ipak parda' va 'Kishilarimiz qissasi' singari asarlar muallifi bo‘lgan Rahmat Fayziy tavalludiga 10-oktabrda 108 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining ijodi asosida test tayyorladi.

Test: Rahmat Fayziyning asarlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Rahmat Fayziyev 1918-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni bitirgach, Elektromexanika texnikumida tahsil olgan. U “Lenin uchquni” (hozirgi “Tong yulduzi”), “Yosh leninchi” (hozirgi “Turkiston”), “Qizil O‘zbekiston” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetalarida, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasida ham faoliyat yuritgan.

1951−1954-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida, 1957−1959-yillarda esa “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida ishlagan. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ssenariy va tahrir hay’ati bosh muharriri lavozimida bo‘lgan.

1948-yilda “To‘y taraddudi” nomli ilk hikoyasi chop etilgach, “To‘yona”, “Ulg‘ayish” hamda “Birinchi bahor” nomli hikoya va ocherklardan iborat to‘plamlari nashr qilingan. 1951-yilda “Sahroga bahor keldi” hamda “Ertaklar va hikoyatlar”, 1958-yili esa “Ipak parda” kabi kitoblari bosmadan chiqqan. 1962-yili “Kishilarimiz qissasi” e’lon qilingan.

“Sen yetim emassan” filmiga ssenariy yozgan adib, kinoqissaning ustida ishlashni davom ettirgani natijasida 1969-yili “Hazrati inson” romanini taqdim etgan. Bundan tashqari, u “Yor-yor” filmining ssenariy muallifi hamdir.

Rahmat Fayziy 1988-yil 18-noyabrda vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.