Test: “Olovli yo‘llar”, “Muhabbat mojarosi” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?
“Jazirama quyosh ostidagi uy”, “Favqulodda komiscar” va “Diyonat” singari kinolarda suratga tushgan Po‘lat Saidqosimov tavalludiga — 2026-yilning oktabrida 95 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Olovli yo‘llar”, “Muhabbat mojarosi” kabi o‘zbek filmlarini yaxshi bilasizmi?
Po‘lat Saidqocimov 1931-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1954-yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohini bitirgach, Hamid Olimjon nomidagi Samarqand teatrida faoliyat boshlagan. 1957-yildan boshlab esa Hamza (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama) teatrida ishlashni davom ettirgan. “Mirzo Ulug‘bek”, “Sarvqomat dilbarim”, “Qirol Lir” va “Qutlug‘ qon” kabi spektakllarda yodda qoladigan rollarni ijro etgan.
1970-yilda “Favqulodda komissar"da qatnashgan aktyor keyingi yili “Muhabbat mojarosi"da suratga tushgan. 1974−1979-yillarda “Abu Rayhon Beruniy”, “Jazirama quyosh ostidagi uy” va “Ichkiyov” nomli filmlarda ishtirok etgan. 1980−1986-yillarda esa u qatnashgan “Leningradliklar, mening bolalarim”, “Diyonat”, “Girdob” va “Olmos kamar” filmlari ekran yuzini ko‘rgan. 90-yillarda esa “Yuzsiz”, “So‘nggi o‘q” va “Piyoda"da ham rol o‘ynagan.
“Shaytanat” seriali, shuningdek, “Olovli yo‘llar”, “Otamdan qolgan dalalar” hamda “Chol va nabira” singari filmlarda suratga tushgan aktyor 2019-yil 15-yanvarda vafot etgan.

