Layfstayl

Test: Chustiyning asarlarini bilasizmi?

Chustiy taxallusi bilan ijod qilgan Nabixon Xo‘jayev bundan 43 yil avval — avgustda vafot etgan. Gazeta 'Gul mavsumi', 'Hayotnoma', 'Sadoqat gullari' va 'Ko‘ngil tilagi' singari devonlar muallifini xotirlab, test tayyorladi.

Test: Chustiy ijodidan xabardormisiz?

Nabixon Xo‘jayev 1904-yil fevral oyida Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan. U Qo‘qondagi eski maktab va madrasalarda tahsil olib, savodini chiqargan. Shoir 18-20 yoshlarida she’r yozishni boshlagan. 1930-1939-yillarda jamoa xo‘jaliklari va matlubot jamiyatlarida, 1940-1946-yillarda esa Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. 1944-1945-yillarda Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan. 1970-1976-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan ijodkor, shuningdek, nashriyotlarda tarjimonlik ham qilgan.

Uning “Gul mavsumi” to‘plami 1969-yilda, undan sakkiz yil o‘tib “G‘azallar” to‘plami, 1988-yilda “Hayotnoma”, 1992-1994-yillarda esa “Sadoqat gullari” va “Ko‘ngil tilagi” nomli asarlari, shuningdek, 2004-yilda “Ko‘rguncha xayr endi” devoni nashr etilgan.

“Bog‘i Eram”, “Tirik jannatga kirgan kampir” va “Kiyiknoma” dostonlarining muallifi bo‘lgan Chustiy, Xusrav Dehlaviy va Sobir Termiziy kabi ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U 1983-yil 13-avgustda vafot etgan.

Gazeta shoirni yod etib, test savollarini tayyorladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.