Mahalliy

Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi poyezdda harakatlanish nega qiyin? Gazeta reportaji

Yoz oxirlarida Termiz-Sariosiyo poyezdida odamlar o‘tirib ketishga joy topolmay, yo‘laklarda tik turib ketgani aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston temir yo‘llari bu poyezd 'jamoat transporti tamoyili asosida ishlashi'ni ta’kidladi. Gazeta muxbiri real vaziyatni o‘rganib, o‘sha poyezddan reportaj tayyorladi.

Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi poyezdda nega yurish qiyin? Gazeta reportaji

Avgust oxirlarida Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi yo‘lovchi tashish poyezdida odamlar jaziramadan qiynalib, o‘tirishga joy topolmay, yo‘laklarda tik turib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Har yili takrorlanadigan bu holatga O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati munosabat bildirib, ushbu poyezd “jamoat transporti tamoyili asosida ishlashi”ni ta’kidladi, chiptalar o‘rindiq raqamlari ko‘rsatilmagan holda sotilishi, yo‘lovchilar esa o‘zlari topgan bo‘sh joylarga joylashib olishlarini ma’lum qildi.

11-avgust kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov temir yo‘l transportidagi ahvol va vagonlardagi chidab bo‘lmas sharoitlarni keskin tanqid qilgandi.

“Termizdan Sariosiyoga qatnaydigan ‘prigorodniy’ poyezdlarda odam tashib bo‘lmaydi. Transport prokurori — tomoshabin. Umuman sharoit yo‘q. Qanday odam tashiyapsan unda? Odam tashiyapsanmi, pulini olayapsanmi yo tekinmi? Nima uchun transport prokurori tomoshabin? Nima uchun qonun ustuvorligi ta’minlanmaydi u yerda? Nima uchun chora ko‘rilmaydi? Transport boshqarma qayerga qaraydi?”, — degan edi viloyat rahbari.

17-avgust kuni “Surxondaryo” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi poyezdda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z boradi.

Xususan, yo‘lovchilar issiq havoda qiynalmasligi uchun vagonlarga vintilyatorlar o‘rnatilgani aytiladi.

24-avgustda esa ayni shu poyezd vagonlarida yo‘lovchilarga joy yetmayotgani va issiq havo sabab yo‘laklarda turib qolgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat hokimining temir yo‘llarni tanqid qilganidan keyin ham bunday videolar tarqalgani sabab poyezddagi haqiqiy vaziyatni o‘rganishga to‘g‘ri keldi.

Bu haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelgani uchun u qadar gavjumlik yo‘q edi. Sababi poyezd juma-shanba kunlari Termizdan kelishda, yakshanba-dushanba kunlari esa Termizga borishda yo‘lovchilar bilan to‘ladi. Shuningdek, dam olish va bayram kunlari yo‘lovchilarning asosiy qismi talabalar bo‘lgani uchun qatnov nisbatan oshadi.

Poyezd bir kunda 3 martadan soat 06:32, 13:01, 18:00 da Termizdan Sariosiyoga, soat 03:45, 10:54 va 17:46 da Sariosiyodan Termizga qatnaydi. Manzilga o‘rtacha 3,5−4 soat oralig‘ida yetib boradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.