Tenge Travel: endi navbatdagi çiptangizni Tenge24 orqali xarid qilişingiz mumkin
Tenge Bank Tenge24 mobil ilovasining imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Endi Özbekiston böylab temiryöl çiptalarini bevosita ilova orqali xarid qiliş mumkin. Aksiya doirasida esa birinçi çipta uçun 25 foiz çegirma taqdim etiladi.

Tenge Travel: endi navbatdagi çiptangizni Tenge24 orqali xarid qilişingiz mumkin
Tenge Bank Tenge24 mobil ilovasining funksional imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettirmoqda va yangi — Tenge Travel xizmatini ishga tushirmoqda.
Endilikda bank mijozlari O‘zbekiston ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha temiryo‘l chiptalarini boshqa platformalarga o‘tmasdan va qo‘shimcha xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tenge24 ilovasida tanlashlari va xarid qilishlari mumkin.
Tenge Travel xizmatining ishga tushirilishi Tenge24’ni mijozlar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, moliyaviy mahsulotlar va kundalik xizmatlarni birlashtiruvchi yagona raqamli muhit sifatida rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Bugun bank ilovalaridan faqat pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisobvaraqlarni boshqarish emas, balki bundan ham kengroq imkoniyatlar kutilmoqda.
Dam olish kunlari Samarqandga sayohat qilish, Buxoroda bir necha kun o‘tkazish, boshqa shahardagi ish uchrashuviga borish yoki yaqinlar bilan uzoq kutilgan diydorlashuv — endi bularning barchasi Tenge24’dan boshlanishi mumkin.
Tenge Bank uchun bu shunchaki yangi funksiya emas. Bu mijozlarning kundalik vazifalarini tezroq, osonroq va yagona raqamli makonda hal qilish imkoniyatini yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir.
«Biz Tenge24’ni mijozlarimizning haqiqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, izchil rivojlantirmoqdamiz. Biz uchun ilova nafaqat moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishning qulay vositasi, balki insonning kundalik hayotidagi tobora ko‘proq vazifalarni hal qila oladigan raqamli makon bo‘lishi muhim. Tenge Travel ushbu yondashuvning mantiqiy davomidir. Biz temiryo‘l chiptalaridan boshlayapmiz, kelgusida esa bu yo‘nalish rivojlanib, yangi xizmatlar bilan boyitiladi», - dedi Tenge Bank Boshqaruvi raisi Beybit Faleyev.
Chipta xarid qilish jarayoni mijozlar uchun imkon qadar sodda va qulay tarzda tashkil etilgan.

