TENET Group jahonga mashhur daniyalik aktyor va loyiha ambassadori Mads Mikkelsen ishtirokidagi Sheron Residence rasmiy imij roligini taqdim etdi.
Ushbu rolik Sheron Residence va tabiat o‘rtasidagi nozik o‘xshashlikni yoritib, yorug‘lik, suv, daraxtlar hamda ochiq maydonlar orqali loyiha falsafasini ochib beradi. Vizual hikoya tabiatdan ilhomlangan sokinlik, uyg‘unlik hamda tabiiy hayot maromini aks ettiradi. .
TENET Group, dunyoga mashhur daniyalik aktyor va loyiha elchisi Mads Mikkelsen ishtirokidagi Sheron Residence rasmiy imij roligini taqdim etdi. Ushbu rolik Sheron Residence va tabiat o‘rtasidagi nozik o‘xshashlikni ko‘rsatib, loyiha falsafasini yorug‘lik, suv, daraxtlar va ochiq maydonlar orqali ochib beradi. Vizual hikoya tabiatdan ilhomlangan sokinlik, uyg‘unlik va tabiiy hayot maromini aks ettiradi.
Mads Mikkelsen tomonidan ijro etilgan monolog rolikning hissiy asosini tashkil etadi. Erkinlik va hayotiy qadriyatlar haqida mulohaza yuritar ekan, qahramon oddiy, lekin muhim bir haqiqatni anglab yetadi: chinakam erkinlik — bu tin olish, nafas rostlash va ichki xotirjamlikni his etish imkoniyatidir. Aynan shu g‘oya Sheron Residence falsafasi asosida yotadi.
Rasmiy rolik TENET Group’ning Instagram va YouTube sahifalarida joylashtirilgan. Shuningdek, video Toshkent shahridagi kinoteatrlar va LED ekranlarda namoyish etilib, kompaniyaning yangi loyihasi bilan keng auditoriyani tanishtirib kelmoqda.

