Mahalliy

Telegramdagi «zakladka» tarmog‘i fosh etildi

Tezkor tadbirlar natijasida 1 kiloga yaqin gashish giyohvandlik moddasi hamda giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun

Telegramdagi "zakladka" usuli orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruh Navoiy viloyatida fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov "Xabar.uz"ga ma’lum qildi.

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga kelib tushgan murojaat asosida Navoiy viloyati IIB TQX va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Dastlab, giyohvand moddalarni Telegram orqali "zakladka" usulida tarqatgan guruh yetakchilari qo‘lga olindi. Shundan so‘ng, jinoiy zanjirning boshqa ishtirokchilarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirildi.

Tadbirlar davomida gumonlanuvchilarning yashash joylari va aloqa vositalari tekshirildi. Natijada guruhning ikki nafar omborchisi, giyohvand moddalarni yashirib, manzil va lokatsiya ma’lumotlarini yetkazuvchi ikki nafar "zakladchik", 8 nafar narkokuryer hamda ularning 11 nafar mijozi aniqlanib, hibsga olindi.

Tezkor tadbirlar natijasida daliliy ashyo sifatida qariyb 1 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi va giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun tayyorlangan qo‘lbola asboblar rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasiga oid tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.