Texnologiya

Telegram foydalanuvchilar uchun shaxsiy domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi

Telegram foydalanuvchilar uchun shaxsiy domen nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi.

Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov servis .gram domenini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining “Pavel Durov” kanalida xabar bergan.

Ushbu domen yordamida foydalanuvchilar messenjer negizida o‘z saytlarini yaratishlari kutilmoqda. Bu quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchining, masalan, @telegram kabi nomiga .gram qo‘shimchasi qo‘shiladi. Natijada sayt havolasi telegram.gram ko‘rinishida bo‘ladi.

“Agar ariza ICANN tomonidan ma’qullansa, bir milliard Telegram foydalanuvchisi o‘zining ikkinchi darajali domeniga ega bo‘lishi mumkin”, dedi messenjer asoschisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram orqali interaktiv saytlarni “atigi bitta so‘rov (prompt) yordamida” yaratish imkoni paydo bo‘ladi. Hozircha bu borada batafsil ma’lumotlar oshkor etilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.